07:50 / 30.10.2015
1921

Qirg‘iziston BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga kirdi

“Qirg‘iziston mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng, BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga kirish uchun qo‘shimcha ovozlar to‘pladi”, — dedi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 oktabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan. Shu majlisda inson huquqlari bo‘yicha Kengashga kirish uchun saylovlar o‘tkazilgan.

“Tinch okeani va Osiyo uchun ajratilingan besh o‘ringa yetti davlat da'vogirlik qildi. Birinchi o‘rinni Mongoliya, ikkinchi o‘rinni BAA, uchinchi o‘rinni 147 ovoz bilan Qirg‘iziston, to‘rtinchi o‘rinni Janubiy Koreya va so‘nggi o‘rinni Filippin qo‘lga kiritdi. Laos va Pokiston kira olmadi”, — deb ma'lum qilgan Erlan Abdildayev.

Top