11:40 / 30.10.2015
4557

Qozog‘istonda birinchi marta tana a'zolarining noqonuniy chiqarib olinishi qayd qilindi

Qozog‘istonda birinchi marta tana a'zolarining noqonuniy chiqarib olinishi qayd qilindi. KTK telekanalining xabar berishicha, politsiya mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Olma-Otada yashovchi 40 yoshli erkak qarzlarini o‘tash maqsadida bitta buyragidan voz kechishga qaror qilgan, ammo “xaridorlar” uni laqillatib ketgan. Endilikda jabrlanuvchining moliyaviy qiyinchiliklariga sog‘liq muammolari ham qo‘shildi.

Janat ismli jabrlanuvchi qanday qilib aldab ketilgani haqida telekanalga hikoya qilib berdi.
Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar muolajadan so‘ng uni kaltaklab, uylaridan haydab yuborishgan.

Top