Jamiyat | 01:18 / 30.10.2015
3021
1 daqiqa o‘qiladi

Rianna Lyuk Bessoning yangi filmida rol ijro etadi

Qo‘shiqchi Rianna fransiyalik rejissyor Lyuk Bessonning yangi “Valerian va ming shahar sayyorasi” filmida bosh rollardan birini ijro etadi, deb xabar bermoqda NME. Kartinada, shuningdek, Kara Delevin, Deyn DeXaan va Klayv Ouen kabi aktyorlar rol ijro etishadi.

“Rianna “Valerian"da va unga katta rol berilgan! Men bundan hayratdaman!” — deb yozadi Besson Instagram da.

Kartinani suratga olish ishlari shu yilda boshlanadi, uning premerasini 2017 yilning 21 iyulida etib belgilashgan. Bessonning yangi filmi 1967 yildan 2010 yilga qadar nashr etilgan Valérian et Laureline fransuz komiksi asosida suratga olinadi. Komiks voqealari XXVIII asrda bo‘lib o‘tadi.

2007-2008 yillarda Valerian va Lorelin haqdagi komiks asosida fransuz-yapon ijodkorligi hamkorligida multfilm suratga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish