08:24 / 30.10.2015
2905

Roshen kompaniyasi o‘z konfetlarining Yevropa Ittifoqiga yetkazib berilishi taqiqlangani haqidagi xabarni inkor etdi

Ukrainaning Roshen qandolatchilik korporatsiyasi Yevropaga tarkibida yong‘oqlar bo‘lgan o‘z qandolatchilik mahsulotlarining Yevropaga yetkazib berilishi to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi xabarni inkor etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Korporatsiya Yevropaga tarkibida yong‘oqlar bo‘lgan qandolatchilik mahsulotlarini eksport qilmasligini ma'lum qildi.

Avvalroq Ukrainaning yevrointegratsiya masalalari bo‘yicha agrar siyosati vaziri o‘rinbosari Vladislava Rutitskaya Yevropa Ittifoqi Ukrainaning tarkibida yong‘oqlar bo‘lgan qandolatchilik mahsulotlari eksportini to‘xtatib qo‘yganini ma'lum qilgandi.

Top