20:18 / 30.10.2015
8734

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev MDHda AQShning biologik qurol yaratish laboratoriyalari borligini ma'lum qildi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev MDH davlatlari hududlarida AQShga tegishli harbiy yo‘nalishdagi biologik qurol yaratish laboratoriyalari faoliyat yuritishini ma'lum qildi.

“Boshqa muammolar ham bor, bulardan biri harbiy yo‘nalishdagi biologik qurol yaratishdir. Buning uchun katta mablag‘lar ajratiladi. Bu mablag‘lar 10 mlrdlab dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga AQShga qarashli va u tomonidan boshqariladigan laboratoriyalar soni 20 barobarga oshib ketdi. Shu jumladan, MDH davlatlari hududlarida AQShga qarashli tuzilmalar tomonidan boshqariladigan bir qator laboratoriyalar ishlagan va hozir ham ishlamoqda”, deb aytdi Patrushev.

Patrushevning ta'kidlashicha, AQSh 2028 yilgacha kimyoviy qurolini yo‘q qilishni mo‘ljallamoqda. Dastlab AQSh buni Rossiya kabi 2020 yilgacha amalga oshirishi rejalashtirilgan edi.

Top