16:34 / 30.10.2015
3045

Rossiyaning Surgut shahrida Yangi yil archasini o‘rnatish ishlari boshlandi

Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugidagi Surgut shahrida aholida bayramona kayfiyatni uyg‘otish maqsadida oktabr oyining so‘nggi kunidanoq sun'iy archa o‘rnatish ishlari boshlandi.

Archa Surgut davlat universiteti yonidagi maydonga o‘rnatilmoqda. Shahar ma'muriyati bunga izoh berar ekan: “Bizda qish erta boshlandi, qor sentabrdayoq yog‘di va havo ko‘pincha bulutli bo‘ladi, shu tufayli biz aholida bayram kayfiyatni avvaldan uyg‘otishga qaror qildik”, - dedi.

Shahar bo‘yicha jami 6ta archa o‘rnatilishi va barcha maydonlarda muz shaharchalar qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, reja bo‘yicha barcha shahar archalari 1 dekabrgacha tayyor bo‘lishi kerakligi aytilgan.

Top