Jahon | 01:45 / 30.10.2015
11072
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada IShID “maxsus otryadi” Suriya armiyasiga taslim bo‘ldi

Suriyaning Qunaytra viloyatida IShID “maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadi” Suriya armiyasiga taslim bo‘ldi, deb xabar berdi Suriyadagi harbiy razvedkadagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Qunaytra viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida IShIDning bi butun “maxsus otryadi” Suriya hukumat armiyasiga taslim bo‘ldi. Xon-Arnabi qishlog‘i yonidagi keskin janglar davomida 50 dan ko‘proq jangari o‘rab olindi va o‘z qo‘mondoni Mujohid ibn Zoraning o‘limidan keyin qurollarni tashladi”, deb aytmoqda manba.

Manbaning aytishicha, ushbu otryad Suriyaning shimoli-sharqidagi Al-Xasaka shahrida bir qator katta teraktlarni amal oshirgan va Damashqdagi hukumat binolarini portlatgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish