11:57 / 30.10.2015
3378

Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson uch yilga qamalishi mumkin

Buyuk Britaniyaning avtomobillar haqidagi Top Gear teleko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson uch yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bunga Argentina sudi ko‘rsatuvni suratga olish paytida soxta avtomobillar raqamidan foydalanilganlik bo‘yicha olib borayotgan tergov ishi sabab bo‘lmoqda.

Gap shundaki, Klarkson jamoasi 2014 yilda ko‘rsatuvning navbatdagi seriyasini suratga olish davomida Argentinada H982 FKL raqamiga ega Porsche avtomobilini sinovdan o‘tkazgan. Bu raqamlar va harflardan tuzilgan raqamdagi yozuv Argentina hukumati va mahalliy aholi g‘azabini keltirdi, chunki undagi yozuv (928 yozuvi 1982 yilga, FKL (Folklend) Folklendga ishora) 1982 yilda Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasida Folklend orollariga egalik qilish uchun olib borilgan Folklend urushi deb atalgan qurolli ixtilofga bevosita ishoradir. O‘shanda 600 dan ko‘proq harbiysini yo‘qotgan holda Argentina mag‘lub bo‘lgan va orollar ustidan nazoratni qo‘ldan boy bergan.

Klarkson suratga olish guruhi to‘xtagan Ushuaya shahrida mahalliy aholi va o‘sha urush faxriylari guruhga tegishli bo‘lgan avtomobillarga tosh ota boshlashgan hamda Klarksonni jazolash bilan tahdid qilishgan. Oqibatda ko‘rsatuv ijodkorlari shoshilinch tarzda politsiya hamrohligida Argentinadan Chiliga ketishlariga to‘g‘ri kelgan. Argentinaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Alisiya Kastro ko‘rsatuv efirga uzatiladigan BBC telekorporatsiyasi direktori Denni Koendan kechirim so‘rashni talab qilgan, biroq u buni bajarishdan bosh tortgan.

Top