Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Berluskoniga nisbatan jinoiy ish ochildi
Ukrainada Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Oliy Rada deputati Georgiya Logvinskogo UNIAN nashriga ma'lum qilgan.
Ukraina hukumati Berluskonini Qrim hududiga noqonuniy ravishda kelganlikda ayblamoqda.
Manbaning aytishicha, bu jinoyati uchun Berluskoniga 8 yilgacha qamoq jazosi tayinlanish xavfi tahdid qilmoqda.
Bundan oldinroq, Ukraina TIV Rossiya prezidenti Vladimir Putin va italiyalik siyosatchi Silvio Berluskonining Ukraina tarkibidagi Qrimga beruxsat ravishda tashrif buyurganini qoralab chiqqandi.
Bu tashrif shu yilning sentabr oyi o‘rtalarida yuz bergan, o‘shanda siyosatchilar Yalta qirg‘og‘ida sayr qilishib, Qrim urushi vaqtida (19 asr) halok bo‘lgan sardiniyalik askarlar qabriga (Gosfort tog‘lari yaqinida) ziyoratga borishgandi.