Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venadagi uchrashuv ishtirokchilari Asadning Suriyadagi roli haqida kelisha olmadilar
Venada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralar ishtirokchilari Suriya prezidenti Bashar Asadning bu jarayondagi roli haqida kelisha olmadilar, deb xabar bermoqda Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariyga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uchrashuvda ba'zi ishtirokchilar Asadning iste'foga ketishini talab qilishgan bo‘lsa, boshqalari bu masalani Suriya xalqi hal qilishi kerakligini aytishdi.
“Ushbu jarayonda Asadning roli haqidagi kelisha olmadik”, deb aytdi vazir.
Jafariyning aytishicha, muzokaralar ishtirokchilari terrorchilikka qarshi kurashish va Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal qilish zarurligiga kelishib oldilar.