Jahon | 08:56 / 30.10.2015
4123
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela Obamaning farmoni bo‘yicha sudlashadi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, Venesuela hukumati AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan imzolangan farmon bo‘yicha sudda bahslashadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“Venesuela Barak Obama farmonining noqonuniyligi bo‘yicha AQShning o‘zida sudga da'vo arizasi taqdim qiladi. Bu farmon joriy yilning 9 martidan Venesuelaga xavf solmoqda”, deb aytdi Maduro.

Maduroning ta'kidlashicha, bu da'vo “Venesuelaga rahna solayotgan xavf”ning bekor qilinishidagi kurashga xizmat qiladi. Ushbu ishning muhokama qilinishi detallari hozircha noma'lum.

Avvalroq Maduro Obamani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishini cho‘zayotganlikda ayblagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish