Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: AQSh Asadning yangi hukumat tuzilguniga qadar prezident bo‘lib qolishiga rozi
AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada Bashar Asadning yangi hukumat tuzilguniga qadar prezident bo‘lib qolishiga rozi, deb yozadi The Wall Street Journal nashri.
Uzoq vaqt mobaynida amerikalik rasmiylar Asadning siyosiy o‘tish bosqichida ishtirok etishi mumkin emasligini ta'kidlab kelgan edi. Ammo endilikda ular pozitsiyasini biroz yumshatib, Asadning muzokaralarda ishtirok etishi masalasini muhokama qilishga tayyor. Bu juma kuni Vena sammitida ko‘tariladigan asosiy mavzu bo‘lishi kutilmoqda.
Bu tadbir arafasida AQSh vakillari ittifoqchilari va Turkiya bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda Asad masalasiga yondashuvni Rossiyaning Suriyada boshlagan harbiy operatsiyasini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi.