Jahon | 12:33 / 30.10.2015
4894
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh Bashar Asadning so‘zsiz ketishini talab qilmayapti

Oq uy Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiri bo‘yicha o‘z munosabatini o‘zgartirdi va uning taqdirini Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Wall Street Journal nashri AQSh ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Venada 29 oktabrda yopiq eshiklar ortida Rossiya, AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “To‘rtlik” uchrashuvi bir soatga yaqin davom etdi. 30 oktabrda muzokaralarga Eron, BAA, Qatar, Iordaniya, Germaniya, Fransiya, Misr, Italiya, Buyuk Britaniya, Iroq va Livan vakillari hamda BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini qo‘shilishlari kerak..

Avvalroq AQSh hukumati Asadning so‘zsiz ketishini talab qilib, uning Suriyadagi o‘tish vaqtining bir qismi bo‘la olmasligini ta'kidlayotgan edi. Oxirgi vaqtda Oq uy Venada o‘tadigan muzokaralarda vaziyatga qarab ish tuta olish uchun imkoniyatlar qoldirish maqsadida Asadning ketishi muddatlari borasida ommaviy bayonotlar bermagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish