19:13 / 30.10.2015
5047

WSJ: Xitoyning yangi demografik siyosati bolalar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning aksiyalarini oshirib yubordi

Xitoyda oilada bir emas, ikki farzand tug‘ilishiga ruxsat berilishi, yangi demografik siyosat bo‘lib, bu nafaqat xitoylik oilalar uchun, balki bolalar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ham xushxabar bo‘ldi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Ma'lum bo‘lishicha, hukumat tomonidan qabul qilingan ushbu qarordan so‘ng, ayrim kompaniyalarning aksiyalari sezilarli ravishda o‘sgan. Bolalar aravachasi va o‘rindiqlari ishlab chiqaruvchi Goodbaby International ning aksiyalari 7,4 foizga, bolalar taomi ishlab chiqaruvchi Biostims ning aksiyalari 5,5 foizga, Beingmate Baby & Child Food kompaniyasi aksiyalari esa 4,8 foizga o‘sgan.

Nashrning ta'kidlashicha, xuddi shunga o‘xshash holat ikki yil avval ham sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Xitoy hukumati ikkita bolalik bo‘lishga ruxsat bergan, faqat bunday huquqni er-xotindan birortasi oilada yolg‘iz bo‘lsagina qo‘lga kiritishi mumkin edi. O‘shanda bolalar tagligi va taomi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aksiyalari birdan ko‘tarilib ketgandi.

O‘sha vaqtda amaldorlar Xitoy aholisi soni 2 million nafarga oshgani, 804 ming juftlik ikkinchi farzand ko‘rishni istaganini ma'lum qilishgandi.

Top