11:11 / 30.10.2015
2958

XXR Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahslarga Gaaga yurisdiksiyasi tarqalmasligini aytdi

XXR TIV o‘rinbosari Lyu Chjenmin Xitoy Gaagadagi hakamlik sudi doimiy palatasining Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy bahslar bo‘yicha xalqaro arbitrajida ishtirok etishdan va uning hukmini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Filippinning Gaagadagi xalqaro arbitrajga murojaatiga kelsak, 2013 yildan boshlab oxirgi 2-3 mobaynida Xitoyning bu boradagi pozitsiyasi aniq-tiniqdir. Xitoy bu arbitrajda ishtirok etmaydi va uni tan olmaydi”, - dedi diplomat.

Uning so‘zlariga qaraganda, Gaaga sudining bu borada yurisdiksiyasi mavjudligi haqidagi qarori Xitoy manfaatlarini inobatga olmagan holda qabul qilingan, Filippin esa bu ishni faqatgina XXRni huquqlaridan mahrum qilish uchun boshlamoqda.

Top