12:45 / 31.10.2015
13979

“Jo‘ybori Kalon” da fiqh fanidan musobaqa bo‘lib o‘tdi

2015 yil 27 oktabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida fiqh fani oyligi munosabati bilan “Fiqh – zamon bilan hamnafas” mavzusida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda bilim yurtining 1–3- kurs talabalaridan iborat “Qubbatul islom” va “Hanafiy izdoshlari” guruhlari bilimlarini sinashdi, deb xabar berdi Muslim.uz portali.


Musobaqa “Fiqh yaxshilik va yomonliklarni ko‘rsatadigan oyna” shiori ostida o‘tdi. Hay'at a'zolari Buxoro Davlat huzuridagi pedagog xodimlarining mintaqaviy markazi “Pedagogik mahorat” fani o‘qituvchisi “Pedagogika” fanlari nomzodi Saodat Rajabova va Buxoro shahar 9-umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Rashida Sharipova talaba qizlarni besh shart asosida bilim va zakovatlarini baholadi.
Guruh talabalari chaqqonlik, zukkolik, topqirlik bilan oyat va hadislardan dalillar keltirib, fiqhiy savollarga aniq javob berishdi, sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Musobaqa yakuniy xulosasiga ko‘ra, “Qubbatul islom” guruhi birinchi, “Hanafiy izdoshlari” guruhi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari, shuningdek, faol qatnashchilar bilim yurti ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Top