19:49 / 31.10.2015
2822

Afg‘onistonda aviazarbalar berilishi davomida “Tolibon”ning 12 nafar jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘onistonning markaziy qismidagi G‘azniy viloyatiga aviazarbalar berilishi oqibatida “Tolibon”ning kamida 12 nafar jangarisi yo‘q qilindi, deb xabar berdi 31 oktabrda viloyat gubernatori Muhammad Amam Hamimning aytgan so‘zdariga iqtibos keltirgan holda Sinxua agentligi.

“Razvedka ma'lumotlariga amal qilib, 31 oktabr ertalab Nava tumanidagi jangarilarning yashirinish joylariga havodan zarbalar berildi. Oqibatda 12 jangari, shu jumladan “Tolibon”ning bosh qo‘mondonlaridan biri Mulla Mannon o‘ldirildi”, deb aytdi gubernator. Uning aytishicha. Mulla Mannon G‘azniy va qo‘shni viloyatlardagi toliblarga qo‘mondonlik qilgan.

Hozirda jangarilar viloyatning ma'muriy markazi bo‘lgan G‘azniy shahriga hujumlar qilmoqda.

Top