Jahon | 08:22 / 31.10.2015
3479
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyaga maxsus qo‘shin yuboradi

AQSh Suriyaga IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan mahalliy qurolli guruhlar bilan harakatlanuvchi maxsus qo‘shin yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda ismi sir tutilgan AQSh vakiliga asoslanib, NBC News xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus qo‘shin haqdagi farmon Oq uyda yaqin kunlarda beriladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Suriya shimoliga tashlanadigan uncha katta bo‘lmagan AQSh harbiy guruhi haqda bormoqda. Ushbu guruh kurdlarning qurollangan qismi va “Ozod Suriya armiyasi” tarkibidagi guruhlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

AQSh qurolli kuchlari bundan avval ham Suriyada yerdagi harbiy operatsiyalarni olib borgan. Ammo mamlakatda AQShning muntazam harakatlanib turuvchi qurolli qismlari bo‘lmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish