Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh shtab Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyada bir oy davomidagi ishlari bo‘yicha bayonot berdi
Rossiya aviaguruhi Suriyada bir oy davomida terrorchilarga qarashli 1623ta obektni yo‘q qildi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi. Guruh tarkibiga kiruvchi samolyotlar 1391ta parvozni amalga oshirgan. Yo‘q qilingan nishonlar orasida jangarilarning 786ta dala lageri va bazalari, 371ta tayanch punkti va mustahkamlangan uzeli, 949ta boshqaruv punktlari va aloqa uzellari bor.
Aviaguruhning jangovar faoliyatiga Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov qisqacha yakun yasadi. U jangarilar hali ham bir qator tumanlarda pozitsiyalarni ushlab turganini ta'kidlab o‘tdi. Bu yerlarda bir necha yillar davomida jangarilar tomonidan yer osti yo‘llari va pana joylar tarmog‘i yaratilgan.
Kartapolovning aytishicha, radikal tashkilotning ko‘plab jangarilari “o‘rtamiyona muholifat” guruhlariga qo‘shilib olishga urinmoqda. “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhiga kirgan bir qator bandtuzilmalar rahbariyati xorijdan siyosiy qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy yordam olish maqsadida avvalgi barcha ramzlardan voz kechib, G‘arb tomonidan “o‘rtamiyona muholifatga” kiritiladigan “Harakat Ahror ash-shom” bayroqlari ostiga o‘tishga qaror qildi”, deb ta'kidlab o‘tdi Kartapolov.
Kartapolovning ma'lum qilishicha, Xama viloyatidagi IShID va “Jibhad an-Nusra” jangarilari birgalikda harakat qilish uchun qo‘shilgan. Bunga Suriya armiyasining jangarilar pozitsiyalariga hujumga o‘tishi sabab bo‘lgan.