Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyor O‘rozboyev va Rishod Sobirov Abu-Dabidagi nufuzli musobada bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
BAAning Abu-Dabi shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning birinchi kuni ortda qoldi. Turnirning birinchi kuni terma jamoamizga ikkita bronza medalini taqdim etdi.
-60 kg vazn toifasida tatamina chiqqan Diyorbek O‘rozboyev yarim finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib bordi. O‘z guruhida Fransiya, Braziliya va gruziyalik polvonlarni mag‘lub etgan hamyurtimiz final ostonasida mo‘g‘ulistonlik Tsogtbaatar Tsendochirga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa u armanistonlik Xovannes Davtyandan ustun keldi.
Diyor O‘rozboyev va Rishod Sobirovda bronza!
Terma jamoamizga ikkinchi bronza medalini Rishod Sobirov keltirdi. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Olimpiya o‘yinlarining ikki karra bronza medal sovrindori o‘tirish turnirida kanadalik Antoin Buchardni, bronza medal uchun kechgan bahsda germaniyalik Sebastyan Siyedlni taslim etdi. Rishod Sobirov yarim finalga beriladigan uchrashuvda bo‘lajak kumush medal sovrindori rossiyalik Arsen Galstyanga yutqazib qo‘ygandi.
Hozircha terma jamoamiz umumjamoa hisobida 2ta bronza medali bilan 88ta davlat orasida 9-pog‘onada bormoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi 2ta oltin medal bilan birinchi o‘rinni band etgan. Dzyudo vatani Yaponiya esa hali birorta ham medal olgani yo‘q.