Iqtisodiyot | 09:37 / 31.10.2015
3634
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA rahbari 42 yil ichida ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi

IKEA kompaniyasi asoschisi 89 yoshli Ingvar Kamprad 1973 yildan buyon ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

1973 yilda u mamlakatdan Shveytsariyaga chiqib ketgan va shundan buyon mazkur soliqni to‘lamagan edi. Tadbirkor o‘z daromadlarini 17,7 million shved kronasi (taxminan 1,9 mln yevro) deb baholadi. Mazkur mablag‘ning 6 million shved kronasi soliq to‘lovlari uchun yo‘naltirildi.

Kampard 2011 yilda turmush o‘rtog‘i vafot etganidan so‘ng vataniga qaytishga qaror qilgan edi. 2014 yil martida esa Shvetsiyaga to‘liq qaytib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish