21:15 / 31.10.2015
11276

IShID Airbus 321 samolyotining qulashiga aloqasi borligini ta'kidlamoqda

IShID terrorchilik guruhi Aamaq axborot agentligi orqali Misrda Airbus 321 samolyotining falokatga uchrashi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ma'lum qildi. Bu haqdagi ma'lumotni Reuters axborot agentligi joylashtirdi.

Shu bilan birga bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi. Shuningdek, mahalliy jangarilarda bunday yuqori balandlikdagi nishonni ura oladigan qurolning yo‘qligi aytilmoqda.

Keyinroq Rossiya transport vazirligi bu xabarni rad etdi.

Samolyot Sharm-al-Shayhdagi ayeroportdan Toshkent vaqti bilan 8:21 da uchib ketgan va birozdan keyin, Misrning Larnaki tumanidan o‘tayotganda radarlar ekranidan yo‘qolib qolgan. Keyinroq samolyot qoldilari Misrning Sinay yarimorolida topilgan.

Top