19:16 / 31.10.2015
7645

KUN.UZ dayjesti: 31 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 31 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Islom Karimov bilan uchrashadi>>

2015 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekistonga Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerri tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Amnon Koen: O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari talablarini izchillik bilan amalga oshirmoqda>>

Xorijiy mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarali va aniq natijalarga yo‘natirilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston-Italiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 2 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Italiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, siqilgan tabiiy gazda ishlovchi dvigatelga ega avtobus namoyish qilindi>>

Shu kunlarda o‘tayotgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi doirasida Samarqand avtomobil zavodi siqilgan tabiiy gazda ishlovchi (CNG) dvigatelga ega avtobus namoyish qildi.

Toshkent viloyatida 2015 yilning 9 oyida YaHM o‘sishi hajmi 7,2 foizni tashkil qildi>>

Toshkent viloyatida joriy yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va eng muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekistonda kollej bitiruvchilariga 200 mlrd so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi>>

Aholini, xususan yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga jalb etish maqsadida 2014 yilda 200 ming nafardan ziyod kollej bitiruvchilariga 200 mlrd so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

31 oktabrda O‘zbekistonda qovoqlarga chiroqlar yoqilmaydi>>

O‘zbekiston aholisi 31 oktabr sanasini Irlandiya va Shotlandiyaning tub aholisi bo‘lmish keltlar nishonlab kelgan va hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida urfga kirayotgan qadimgi bayrami “Xellouin” ni bayram sifatida nishonlamaydi.

“O‘zbekistonda paxta tozalash” korxonasining sobiq rahbari ustidan o‘tkazilgan sud yakunlandi>>

“O‘zbekistonda paxta tozalash” OAJning sobiq boshqaruv raisi Bahodir Sa'dullayev ustidan o‘tkazilgan sud ishi yakunlandi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

Samarqand shahrida bir yilda nechta nikoh va ajrashishlar bo‘lishi aniqlandi>>

Oxirgi yillarda nikoh qurish va ajralishlar soni asosan 25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan aholining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Aynan shu yoshdagilar toifasiga qayd etilayotgan nikoh va ajrashishlarning eng katta ulushi to‘g‘ri keladi.

Diyor O‘rozboyev va Rishod Sobirov Abu-Dabidagi nufuzli musobada bronza medallarini qo‘lga kiritishdi>>

BAAning Abu-Dabi shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaning birinchi kuni ortda qoldi. Turnirning birinchi kuni terma jamoamizga ikkita bronza medalini taqdim etdi.

Dzyudo: Abu Dabida boy berilgan imkoniyatlar>>

Abu Dabida bo‘lib o‘tayotgan sportning dzyudo turi bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musoboqaning ikkinchi bellashuvida O‘zbekiston sportchilari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Husniddin Norbekov Dohadagi JChda oltin medalga sazovor bo‘ldi>>

30 oktabr kuni O‘zbekiston Paralimpiya tarixida yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida sportchimiz Husniddin Norbekov disk otish bahslarida 53.81 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va Jahon chempioni degan unvonga sazovor bo‘ldi. 

Top