21:34 / 31.10.2015
5969

KUN.UZ dayjesti: 31 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 31 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

NASA Yerga qarab kelayotgan gigant asteroid suratini namoyish qildi>>

Olimlar Yerga tomon kelayotgan 2015 TB145 gigant asteroidining ilk suratlarini namoyish qildilar. Bu obekt AQShning Gavayidagi Pan-STARRS avtomatik tizimi tomonidan ochilgan. 

Eng xavfsiz samolyotlar reytingi>>

Tez-tez sodir bo‘latgan aviahalokatlarni hisobga olib, o‘quvchilarimizga eng ishonchli va xavfsiz yo‘lovchi samolyotlar ro‘yxatini nashr etmoqdamiz. Qo‘rqmasdan uching!

Qozog‘istonda dollarda millioner bo‘lgan kishining hayot tarzi>>

Bloger va fotograf Sergey Anashkevich Qozog‘istonda haqiqiy dollardagi millioner bilan tanishdi. Uning ismi cho‘pon Damir.

Norvegiyalik ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi>>

Norvegiyalik Goran Olsen Xaukeli qishlog‘iga safari davomida ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi, deb yozmoqda The Huffington Post.

Sayyoradagi eng quruq cho‘l gullar bilan qoplandi>>

Shimoliy Amerikada xavfli bo‘ronlar, toshqinlar va ko‘chkilar olib keluvchi El-Nino hodisasi Chili qirg‘oqlaridan birida doim qaqrab yotuvchi Atakama cho‘liga kutilmaganda o‘zgacha manzara kashf etdi. 

Avstraliyalik baliqchi o‘z qayig‘ida timsohning o‘ljasiga aylandi>>

Avstraliyaning shimolida o‘tgan yili o‘z qayig‘ida timsoh o‘ljasiga aylangan baliqchi 62 yoshli Bill Skott o‘limi bilan ochilgan tekshiruv ishlari o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda CBS News.

Yo‘lovchi o‘ziga o‘xshash kishini tasodifan samolyot bortida uchratib qoldi>>

Aviayo‘lovchi tasodifan o‘ziga o‘xshash kishini samolyot bortida uchratib qoldi, deb xabar bermoqda Mirror. Gazetaning ma'lum qilishicha, erkaklar bundan oldin bir-birlari bilan tanish bo‘lishmagan. Ularni yonma-yon o‘tqazib qo‘yishgan. 

IKEA rahbari 42 yil ichida ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi>>

IKEA kompaniyasi asoschisi 89 yoshli Ingvar Kamprad 1973 yildan buyon ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

G‘arb yulduzlarini qiynab qo‘ygan 58 harf>>

Mashable nashri mashhur aktyor va aktrisalarning oldiga qiyin vazifa qo‘ydi — ular Uelsdagi nomi eng uzun shaharning so‘zlarini o‘qishlari lozim edi.

OAV: aktyor Benedikt Kamberbetch teatr sahnasidan turib siyosatchilarga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatdi>>

Sherlok Xolms haqidagi serialda bosh rolni ijro etgan britaniyalik taniqli aktyor Benedikt Kamberbetch Yevropadagi qochqinlar inqirozi bilan bog‘liq muammoga keskin tarzda noroziligini bildirdi.

O‘zbek olimlari “Rotorli-diskli don maydalagich” qurilmasini ishlab chiqishdi>>

Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti olimlari tomonidan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va shaxsiy xo‘jaliklari uchun kichik hajmdagi “Rotorli-diskli don maydalagich” qurilmasini ishlab chiqishdi,-deya xabar beradi, universitet qoshidagi “Innovatsiya va integratsiya Markazi” xodimlari.

SOPDS kompaniyasi "Al Sajjada" nomli innovatsion joynamoz loyihasini ishlab chiqdi>>

SOPDS (Soner Ozenc Product Design Studio) kompaniyasi "Al Sajjada" (EL Sajjadah) nomli innovatsion gilamcha, ya'ni musulmonlar uchun joynamoz loyihasini ishlab chiqdi.

Vivo xuddi Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni singari ekranga ega bo‘ladi>>

Yangi Vivo smartfoni xuddi Samsung Galaxy S6 va Galaxy S6 Plus singari qayrilma ekranga ega bo‘ladi, deb ma'lum qilmoqda Ubergizmo.

Yurgen Klopp: "Jurnalist yoki murabbiy bo‘lmasangiz, Mourinyu ajoyib inson">>

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning navbatdagi turida “Chelsi”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan raqib jamoa murabbiyi Joze Mourinyu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Top