10:21 / 31.10.2015
3102

Namanganda giyohvand moddalar sotuvchisi 10 yilga qamaldi

Yaqinda Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudi Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro G‘aybullo Rahimovga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish hukmini o‘qidi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, G‘. Rahimov marixuana moddasini sotishga tayyorlab, Norin tumanidagi xaridorga 200 ming so‘mga pullagan. Garchi u o‘zini jinoyat ustida ushlagan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga turli bahonalarni ro‘kach qilib, aybini yengillashtirishga urinsa-da, sud hukmini yumshatmadi.

Top