07:52 / 31.10.2015
2614

Nissan inqiroz tufayli Sankt-Peterburgdagi zavodining 500 xodimini ishdan bo‘shatdi

Nissan kompaniyasi inqiroz tufayli Sankt-Peterburgdagi zavodidagi 500 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi, deb xabar bermoqda kompaniya ma'lumotiga asoslanib “Gazetu.Ru”.
“Rossiyadagi so‘nggi ikki yil mobaynidagi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli, Nissan kompaniyasi ushbu mamlakatdagi ishlab chiarish sur'atida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirdi”, — deyiladi ma'lumotda.

Avtobozordagi inqiroz tufayli, qabul qilingan choralar sirasiga Sankt-Peterburgdagi zavodda ishlab chiqarishni kamaytirish kiradi.
Nissan kompaniyasining taxmin qilishicha, zavod bozorda barqarorlik kuzatilsa, ikki smenali ishlash rejimiga qaytishi mumkin.

Top