11:46 / 31.10.2015
4834

OAV: raketa otishmalari sabab Damashqda 50 nafardan ziyod tinch aholi vakili nobud bo‘ldi

Damashqdan uncha uzoq bo‘lmagan Duma shahridagi raketa otishmalari sabab 57 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, bir qancha o‘nlab kishilar jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bundan tashqari, inson huquqlari o‘yicha Suriya observatoriyasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat shimolidagi Aleppo shahrida aviazarbalar tufayli 20 nafar fuqaro nobud bo‘lgan. Bunga aynan qaysi davlat harbiy-havo kuchlari aybdor ekanligiga oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi IShID terrorchilik tashkilotining 1623 ta obekti yakson etilgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Top