09:14 / 31.10.2015
2420

Oq uy Obama va Klinton o‘rtasidagi yozishmalar chop etilmasligini ma'lum qildi

Oq uy AQSh prezidenti Barak Obama va AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton o‘rtasidagi elektron pochta orqali olib borilgan yozishmalar chop etilmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda davlat ma'muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorning aytgan so‘zlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Bu yozishmalar AQShda qonunchilik bilan amaldagi prezidentlarning istalgan aloqalari oshkor tarzda chop etilmasligi sababli chop etilishi taqiqlanadi.

Oq uyda bu yozishmalar Obama AQSh prezidenti lavozimidan ketgandan keyingina chop etilishi mumkinligi aytildi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti Xillari Klintonning yana 7 mingta elektron xatini oshkor etishini ma'lum qilgandi.

Top