17:37 / 31.10.2015
2243

Pekin va Seul iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishib oldi

Xitoy va Janubiy Koreya Seul shahrida XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyanning Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.

Uchrashuv avvalida Koreya Respublikasi prezidenti XXR rahbariyatining mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka qo‘shayotgan ulushini e'tirof etib, mazkur suhbat chuqur ma'nolarga ega bo‘lishiga umid bildirdi, deya xabar qilmoqda NHK telekanali. Li Ketsyanning qayd etishicha, mamlakatga Pak Kin Xe prezident bo‘lgan davr mobaynida ikki mamlakat rahbariyati o‘rtasidagi almashinuvlar yanada faollashib, munosabatlar yangi darajaga ko‘tarildi.

Hozircha uchrashuv tafsilotlari oshkor qilingani yo‘q. Biroq suhbat yakunida iqtisodiyot sohasida hamkorlik mustahkamlash va atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolanishi ma'lum. Shuningdek, har ikki davlat rahbariyati KXDRni o‘z yadro va raketa dasturidan voz kechishga chaqirgani aytilmoqda.

Uchrashuv uch yillik tanaffusdan so‘ng Seul shahrining o‘zida Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammit arafasida o‘tkazildi. Buning uchun yakshanba, 31 oktabr kuni Seulga Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe ham tashrif buyuradi. Dushanba kuni esa yapon hukumati rahbarining Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.

Top