Jahon | 12:30 / 31.10.2015
3432
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston “dunyo derjavalari”ni yadro dasturi ustidan bosim o‘tkazmasdan, o‘z siyosati oqibatlarini yo‘qotishga chaqirdi

Pokiston “dunyo derjavalari”ni o‘zining yadro dasturi yuzasidan bosim o‘tkazmaslikka chaqirmoqda. Pokistonning Dawn nashri xabariga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Ayzaz Choudri Islomobodda bo‘lib o‘tgan xalqaro seminardagi chiqishida mazkur murojaat bilan dunyo davlatlariga yuzlangan.

“Dunyo derjavalari” Pokiston xavfsizligini cheklab, unga noreal maslahatlar bermasdan, o‘z harakatlari va siyosatlari oqibatlarini ko‘rib chiqishlari lozim, - dedi u. – Pokistonning yadro arsenali faqatgina mudofaa maqsadlarida foydalaniladi.
Tashqi siyosat muassasasi rahbari xalqaro hamjamiyat Janubiy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ikki xil siyosat yuritishni bas qilishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

“Agarda ular mintaqada tinchlikni ta'minlashni chin dildan istaganlarida, ularning yordami Pokiston va Hindiston o‘rtasida azaliy kelishmoqchiliklarni bartaraf etgan bo‘lardi”, - dedi vazir.
Ayzaz Choudrining murojaati AQSh tomonidan Janubiy Osiyoda xavflar paydo bo‘lishi va beqarorlikni keltirib chiqarishi ehtimoli sabab Pokistonning yadro qurolini rivojlantirishini cheklashga chaqirganidan bir hafta o‘tganidan so‘ng e'lon qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish