15:10 / 31.10.2015
4726

Putin A321 falokatida olamdan o‘tganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrning Sinay yarimorolida halokatga uchragan Airbus-321 laynerining vafot etgan yo‘lovchilari yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda Kreml xabar qildi.

Bundan avvalroq esa Putin Misrda Rossiya samolyotining falokatga uchragani yuzasidan maxsus davlat komissiyasini tuzish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi 18 yoshdan katta ekani xabar qilinmoqda.

Top