Jahon | 16:32 / 31.10.2015
2831
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Premer-ligasining 14-tur o‘yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Futbol bo‘yicha Rossiya Premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar Misrda halokatga uchraganlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanishi bilan boshlanadi. Bu haqda RFPL rasmiy saytida xabar qilindi. Bundan avvalroq esa qutqaruvchilar samolyot bo‘laklari ostidan 100 nafarga yaqin yo‘lovchilar jasadini chiqarib olgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish