Jahon | 19:23 / 31.10.2015
7175
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotining aviahalokatidan hech kim omon qolmadi

Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti yo‘lovchilari orasidan hech kim tirik qolmadi. Bu haqda Misr hukumati manbasiga asoslanib, Assoshieyted Press agentligi xabar bermoqda.

"Sinayda qulagan Rossiya samolyoti yo‘lovchilaridan hech biri omon qolmadi", — deyiladi agentlik ma'lumotida.

Avvalroq qutqaruvchilar halokat sodir bo‘lgan joyda 100 nafar yo‘lovchining jasadini (shulardan 17 nafari bolalar) topishgani ma'lum qilingan edi. Reyter agentligining tarqatgan xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar avialayner qoldiqlari orasidan tirik odamlarning ovozi eshitilayotgani haqda xabar bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish