Jahon | 00:37 / 31.10.2015
4560
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyaning Tver viloyatida qalbaki spirt ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan 10 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Rossiyaning Tver viloyatida qalbaki spirt ishlab chiqarish bo‘yicha tergov ishi olib borilmoqda, deb xabar berdi Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Kimra shahri hududidagi omborxona binolarida konveyer usulida mashhur brendlar etiketkalari ostida va qalbaki aksiz markalari bilan spirtli ichimlik ishlab chiqarish uchun maxsus qurilma bo‘lgan”, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati vakili Yelena Alekseyeva.
Tsexga tezkor xodimlar yetib kelganda u yerdan qochishga uringan 10 nafar o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi.
Tsexda idishlarga quyib chiqilgan 43 ming litr qalbakilashtirilgan spirtli ichimlik topildi.