18:21 / 31.10.2015
3491

Saudiya Suriya muvaqqat hukumati to‘g‘risidagi talablarini ma'lum qildi

Suriyada siyosiy islohotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan milliy muvaqqat kengash yarim yil davomida shakllantirilishi lozim. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ushbu bayonot bilan chiqdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Al-Jubayrning so‘zlariga ko‘ra, yangi kengash tarkibiga butun Suriya jamiyati vakillari kirishi lozim va ular oldiga yangi konstitutsiyani ishlab chiqish hamda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish vazifasi topshiriladi. Mazkur vazifalar yarim yildan ikki yilgacha muddat davomida amalga oshirilishi kerak.

Saudiya tashqi siyosati muassasasi rahbari kelgusi uchrashuvlarda muhokama qilinadigan ikkita yechimini topmagan masalaga ham e'tibor qaratdi: Bashar Asadning Suriya prezidentligi lavozimida qolishi va mamlakat hududidan Eron qo‘shinlarining olib chiqilishi. “Asad Suriyada hokimiyat o‘zgarishi jarayonida ketishi kerak, uning o‘rtasida emas”, - deya qayd etdi vazir.

Top