Jahon | 12:37 / 31.10.2015
6959
1 daqiqa o‘qiladi

Sharm-Ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi

Rosaviatsiya agentligining xabar berishicha, "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Airbus Larnaki tumani hududida radarlar ekranidan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa samolyot havoga ko‘tarilganidan 23 daqiqa o‘tganidan so‘ng sodir bo‘ldi.
Sharm-Ash-Shayx – Misrning Qizil dengiz sohillaridagi Sinay yarim orolida joylashgan kurort shahar bo‘lib, rossiyalik sayyohlar mazkur hududga vizasiz parvoz qilishlari mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish