Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadagi maxsus qo‘shinlarni himoya qilish bo‘yicha AQSh Mudofaa vazirligining rejasi bor
AQSh Mudofaa vazirligida Suriyadagi maxsus qo‘shinlarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha reja bor, deya xabar bermoqda RIA “Novosti” Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest murojaatiga asoslangan holda.
“Ular talab qilingan taqdirda o‘zlarini himoya qilish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta'minlangan. Men ushbu xavfli dunyoda ro‘y berish ehtimoli katta bo‘lgan kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, ularning himoyasini ta'minlash bo‘yicha Pentagonning o‘z rejasi borligiga aminman”, - dedi Ernest brifingda.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Suriyaga maxsus amaliyotlar bo‘yicha maslahatchi sifatidagi mutaxassislarning kichik guruhini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingan edi. AQSh ma'muriyati vakilining qayd etishicha, harbiylar konsultativ xizmatlarni ko‘rsatib, ular soni 20-30 nafarni tashkil etadi.