Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Islom Karimov bilan uchrashadi
2015 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekistonga Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerri tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, tashrif chog‘ida AQSh davlat kotibining O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov bilan uchrashuvi rejalashtirilmoqda. Jon Kerri Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoning beshta davlati va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, 2015 yilning 31 oktabr – 1 noyabr kunlari Markaziy Osiyoning beshta davlati va AQSh tashqi siyosat idoralari boshliqlarining uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari kelishi kutilayotgani to‘g‘risida ham rasmiy xabar berdi.