Aviayo‘lovchi tasodifan o‘ziga o‘xshash kishini samolyot bortida uchratib qoldi, deb xabar bermoqda Mirror. Gazetaning ma'lum qilishicha, erkaklar bundan oldin bir-birlari bilan tanish bo‘lishmagan. Ularni yonma-yon o‘tqazib qo‘yishgan. Bundan ular shu darajada hayratga tushishganki, hatto selfi tushishga ham ulgurishgan.
Bo‘lib o‘tgan voqea haqda Wire Media direktori o‘z tvitterida yozib qoldirgan. U ushbu “egiz”larning avtoportretini e'lon qildi va chapdagi uning tanishining turmush o‘rtog‘i, o‘ngdagisi esa notanish ekanligini aytib o‘tgan. “Bunga qarashni tasavvur ham eta olmayman. Ular bir-birlariga shunchalik o‘xshashadiki...”, – deb qo‘shimcha qilgan Bitti.