Jahon | 14:37 / 01.11.2015
3424
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika va Turkiya HHK Suriyada 50 nafardan ziyod IShID jangarisini yo‘q qildi

Amerika va Turkiya kuchlarining havo zarbalari natijasida Suriyada 50 nafardan ziyod IShID jangarilari yo‘q qilindi, 30 nafardan ko‘prog‘i jarohat oldi. Bu haqda 1 noyabr kuni Onado‘li agentligi xavfsizlik xizmatlaridagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.
Bundan avvalroq esa yuqori lavozimli turk amaldori Reuters agentligiga Turkiya samolyotlari 31 oktabr kuni Suriyada IShID jangarilariga qarshi harbiy operatsiyalar boshlaganini ma'lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Turkiyada muddatdan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatda ro‘yxatga olingan 56 mln saylovchi ovoz berishda ishtirok etmoqda. Avvalroq mamlakatda sodir etilgan teraktlar bilan bog‘liq ravishda yangi qo‘poruvchilik harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish