18:29 / 01.11.2015
7864

AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashi haqida e'lon qildi

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 1 noyabr kuni Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvida AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati Afg‘oniston hukumatiga rasmiy ko‘mak ko‘rsatish haqida e'lon qildi.

Uchrashuv ishtirokchilari Afg‘oniston hukumatiga mustaqil va tinch mamlakat barpo etish borasidagi harakatlarida yordam ko‘rsatib, bu mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ma'lum qilishdi.

Uchrashuv yakunida imzolangan Markaziy Osiyoning besh mamlakati va AQSh o‘rtasida Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyada bu haqda so‘z boradi. Shuningdek, hujjatda mamlakatlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasi ham qayd etildi.

Top