Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Balage: «PSJ» katta pul taklif qilsa, Ronaldu «Real»dan ketadi
Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda jamoadan ketishi haqida ma'lumot berdi.
"U Madriddan ketadi. Faqat buning uchun "PSJ" katta pul to‘lashga rozi bo‘lishi kerak. "Real" esa Ronalduni qo‘yib yuboradigan vaqt kelganini anglamoqda.
Ronaldu "MYu"ga o‘tishi mumkin edi, bu klub muxlislari uni juda yaxshi ko‘rishadi. Ammo mankunianliklar hozir katta pul to‘lay olishmasa kerak. Ular Ronalduni 125 million yevroga sotib olib, yana uning o‘ziga 20 million yevro maosh bera oladimi?
"PSJ" esa to‘lay oladi. Ronaldu ham ketish vaqti yetganini tushunsa, bajonidil ketadi. Bu o‘rinda ko‘p narsa Beylga bog‘liq. U Ronaldudan so‘ng klubda yetakchilik qila olarmikan? Beylning Uels termasidagi o‘yinlarini ko‘rdim, u haqiqiy yetakchi. Agar shu ishini "Real"da ham bajara olsa, madridliklar Ronalduni transfer qilib yuboradi", - deydi Balage.
Uning aytishicha, Beylning vakillari, Peres bilan uchrashishgan va uning "Real"dagi o‘rnini oshirishmasa, futbolchi "MYu"ga o‘tib ketishi haqida ogohlantirishgan.