Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Mail: Bler Hillari Klintondan Kaddafini "oradan olib tashlamaslik"ni so‘ragan
AQSh Davlat departamenti tomonidan e'lon qilingan Hillari Klintonning yozishmalari orqali uning Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafi bo‘yicha o‘tkazgan muzokaralari haqida ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar yozdi.
Xabarda aytilishicha, Toni Bler o‘z yozmalarida o‘sha vaqta AQSh Davlat kotibi lavozimida bo‘lgan Hillari Klintondan Muammar Kaddafini "yo‘q qilmaslik"ni so‘ragandi.
Toni Bler o‘z maktubida Liviya yetakchisi bilan telefon orqali bir necha marta muloqot qilgani, mamlakatda tinchlik o‘rnatishga harakat qilishi va fuqarolar urushi to‘xtatilishi haqida ma'lum qilgan.
Biroz oldinroq, AQSh Davlat departamenti Hillari Klintonning 7 mingga yaqin elektron yozishmalarini ommaga ma'lum qilgandi.
Toni Bler o‘z vaqtida Kaddafiga iste'foga chiqishni maslahat bergan, lekin u o‘z vatanini tashlab ketishga rozi bo‘lmagan.
Toni Bler shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronni Muammar Kaddafiga qarshi kurashdan qaytarmoqchi bo‘lgan.
2011 yilda Bler AQSh va Yevropa murakkab vaziyatda turgani va nizo hal etilishiga ularni ishontirish kerakligi haqida ogohlantirgan. Mazkur suhbatning ertasiga BMT Xavfsizlik kengashi Kaddafining mulklarini muzlatish haqida rezolyutsiya qabul qilgan, oy oxiriga borib esa Buyuk Britaniya Liviya yetakchisiga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan.
Oradan to‘rt oy o‘tib Sirt uchun kechgan janglarda Kaddafi qo‘lga olingan va o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toni Bler Iroqqa bostirib kirish IShIDning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lganini tan olgandi.