18:34 / 01.11.2015
2636

Egey dengizida Gretsiyaga yo‘l olgan qochqinlar qayig‘i ag‘darilib ketdi, 15 kishining hayoti saqlab qolindi

Gretsiyaning Egey dengizidagi Samos orollari yaqinida Turkiyadan suzib kelayotgan qochqinlar qayig‘i ag‘darilib ketishi natijasida eng kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Associated Press.

Olti metrlik plastik qayiqda hammasi bo‘lib 30 kishi bo‘lgan, ularning 15 nafari Gretsiya favqulodda xizmatlari tomonidan qutqarib qolindi.

Mamlakat qirg‘oq himoyasi ma'lumotlariga ko‘ra, orolning qoyatoshli qirg‘oqlari yaqinida 3-20 metrgacha chuqurlikdagi suv ostida ayollar va bolalar jasadlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mintaqada ayni paytda soatiga 50 kilometr tezlikda shamol esmoqda.

Top