Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning Xurramobod shahri kurash bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
Eronning Xurramobod shahri kurash bo‘yicha X–jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Joriy yilning 2-7 noyabr kunlari IKA taqvim rejasidagi 2 yillikning eng muhim voqeyasi kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi va kurash xalqaro assotsiatsiyasining navbatdagi XV Kongresi bo‘lib o‘tadi.
Dengiz sathidan 4000 km balandlikda joylashgan Xurramabod shahri Zargos zanjir tog‘lari tizmasidagi o‘ziga xos tabiatli tarixiy shahardir. Shaharda aeroport mavjudligi xalqaro musobaqalarni o‘tkazish uchun juda ham qulay hisoblanadi.
Eron Islom Respublikasi hukumati, sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo Kurash Konfederatsiyasi va Eron Kurash federatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur chempionatda dunyoning 50dan ziyod mamlakatlaridan 200dan oshiq polvonlar gilamga tushadi.
Musobaqalar va tantanali ochilish marosimi 5-6 noyabr kunlari Shahid Chagharvand sport majmuasida 7 vazn toifasida (60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg) bo‘lib o‘tadi.
3-4 noyabr kunlari esa dunyo kurash oilasining muhim tadbirlaridan biri IKA ijroqum yig‘ilishi va XV Kongres Takhti sport majmuasi konferensiyalar zalida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Kongresda kurash xalqaro assotsiatsiyasi boshqaruvi a'zolari (Prezident, birinchi vitse prezident (rais), 5 nafar vitse-prezident (qit'lar bo‘yicha), bosh kotib va Ijroqum a'zolari) saylovi ham bo‘lib o‘tadi.
Turnir tashkiliy qo‘mitasi ma'lumot berishicha, mazkur nufuzli tadbirlarni eng yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha ishlar tegishli dastur asosida amalga ooshirilgan. Sportchilarni Tehron aeroportidan Xurramabodga uchishlari, shaharda xavfsizlik, mehmonxona va transport xizmatlari barchasi shay holatga keltirilgan.
Musobaqalarni keng yoritish uchun Osiyodagi 50ga yaqin yetakchi OAVlar, Eron markaziy teleradiokanali, matbuot va internet nashrlari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Shuningdek, ushbu jahon chempionatini yoritish uchun maxsus wkch2015.com rasmiy sayti ham faoliyat yuritmoqda.