Jahon | 18:57 / 01.11.2015
5952
1 daqiqa o‘qiladi

Idrisov: Markaziy Osiyo manfaatlar mos keladigan joy bo‘lishi kerak, qarama-qarshi emas

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Markaziy Osiyo barcha mamlakatlarning manfaatlari mos keladigan mintaqa bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. U o‘z mulohazasini Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 1 noyabr kuni Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvida aytib o‘tdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

“Biz mintaqaning katta muvaffaqiyatlarga erishishini, Markaziy Osiyo manfaatlar qarama-qarshi emas, balki o‘zaro mos keladigan joy bo‘lishini istaymiz”, - dedi Qozog‘iston TIV rahbari Idrisov.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi vakili Altay Abibullayevning “Tvitter”dagi mikroblogida yozishicha, Markaziy Osiyoning besh mamlakati vazirlari hamda AQSh davlat kotibi hududdagi istiqbolli, dolzarb va muammoli masalalar bo‘yicha fikr almashgan Samarqand shahrida ajoyib muhit hukmron bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish