Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koloradoda shubhali shaxs uch kishini o‘ldirgach, o‘zi ham halok bo‘ldi
AQShning Kolorado-Springs shahrida shubhali shaxs uch kishini otib tashladi. Politsiya bilan bo‘lgan otishmada o‘zi ham halok bo‘ldi, deb yozmoqda The New York Post nashri.
Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari jinoyatchini otish haqida ogohlantirishgan. Ammo u politsiya xodimlariga qarata o‘q uzgan. Ana shundan so‘ng otishma boshlangan va jinoyatchi halok bo‘lgan.
Xodimning qo‘shimcha qilishicha, surishtiruv ishlariga muvofiq shaharning bir nechta ko‘chasi ko‘zdan kechirilgan.
Guvohlarning ma'lum qilishicha, shubha ostidagi shaxs qo‘lida o‘qotar qurol bilan shahar ko‘chalarida yugurib yurgan. Guvohlardan biri Mett Ebshirning aytishicha, u uyi derazasidan bir erkakning qo‘lidagi quroli bilan kimnidir otib tashlaganining shohidi bo‘lgan.