14:41 / 01.11.2015
2613

Manba: Somalidagi terakt qurbonlari soni 10 nafardan ortiq

Somali poytaxti Mogadisho shahridagi "Saxafi" mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum va mashinaga o‘rnatilgan bomba portlatilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 12 nafardan kam emas. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

Mahalliy politsiyachilardan birining ma'lum qilishicha, jangarilardan biri mashina bilan mehmonzona darvozasiga kelib urilgan va portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, jangarilar mehmonxona binosiga bostirib kirishni boshlashgan.

Boshqa bir manbaning aytishicha, ushbu hujum tufayli mehmonxonada bo‘lgan bir necha siyosatchi halok bo‘lgan.

Top