11:50 / 01.11.2015
2444

OAV: 9 oy mobaynida Germaniyaga 600 ming qochqin kirib keldi

2015 yilning yanvaridan sentabriga qadar Germaniyaga 600 ming nafarga yaqin qochqin kirib keldi, deya yozmoqda Bild am Sonntag nashri.
Qayd etilishicha, mazkur ma'lumotlar Germaniya Ichki ishlar vazirligining Yevrokengashga taqdim etgan hisobotida keltirib o‘tilgan.
O‘z navbatida, nashrning hukumatdagi axborot manbasi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatga kirib kelgan qochqinlarning haqiqiy soni 20 foiz ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki hamma ham ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ishtirok etayotgani yo‘q.
Bundan avvalroq esa GFR kansleri Angela Merkel Germaniya Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan qochqinlar uchun chegaralarini yopmasligini ma'lum qilgan edi.

Top