06:29 / 01.11.2015
3587

Poroshenko falokatga uchragan Rossiya samolyoti qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Misrda falokatga uchragan Rossiya samolyoti qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Poroshenko o‘z hamdardligini tvitter orqali bildirdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘z hamdardligini bildirib bir necha o‘nlab davlat rahbarlari va hukumatlari murojaat qilgan edi. Ular orasida Meksika, Fransiya, Belarus, Gruziya, Polsha, Turkiya prezidentlari, bir qator davlatlarning yuqori lavozimdagi shaxslari, jumladan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bor.

Top